1 / 42

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi BRUTSELLYOZ.

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi BRUTSELLYOZ. Ma’ruzachi: t.f.n., dotsent Niyazova T.A.

Download Presentation

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi BRUTSELLYOZ.

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIYuqumli va bolalar yuqumlikasalliklari kafedrasiBRUTSELLYOZ. Ma’ruzachi: t.f.n., dotsent Niyazova T.A.

  2. Reja:1. Kirish – 5 min. 2. Tarixiy ma’lumotlar – 5 min.3. Etiologiyasi va epidemiologiyasi – 10 min.4. Patogenezi va patanatomiyasi – 10 min.5. Klinikasi – 30 min.6. Diagnostikasi – 8 min.7. Davolash – 10 min.8. Profilaktikasi – 7 min.9. Yakunlash – 5 min.

  3. Brutsellyoz – zoonoz, infeksion-allergik kasallik bo’lib, isitma, retikulo-endotelial, yurak kon tomir, nerv, tayanch-harakat va urogenital sistemalarini shikastlanishi bilan kechadi

  4. Tarixiyma’lumotlar • Brutsellyozhaqidayozilganma’lumotlarnichuqurtarixda ham topishmumkin. Brutsellyozmustaqilnozologikbirliksifatida 1861 yildainglizvrachiMerstontomonidan «o’rtayerdengiziremittirlovchiisitmasi» nomibilanta’riflangan. • 1886-1887 yillardainglizharbiyvrachiDevidBryuskasallikqo’zg’atuvchisinitopdi –ya’niunimaltaisitmasidano’lganaskartalog’idantopadiva “Micrococcus melitensis” – malta mikrokokki deb ataydi. • 1897 yilda Rayt va Sempl bemor qon zardobining mikrokokk kulturasini agglyutinatsiya qilish hususiyatini aniqlashdi. Bu reaksiya keyinchalik diagnostikada Rayt reaksiyasi nomi bilan keng qo’llanila boshladi.

  5. 1897 yilda Daniya olimlari Bang va Stribolt qoramollarda brutsellyoz qo’zg’atuvchisini topishdi va bola tashlagan sigir yo’ldoshidan uning toza kulturasini ajratib olishib Br. Abortusbovisdebatashdi. • 1914 yildaTraumcho’chqalardainfeksion abort qo’zg’atuvchisiniajratiboldi - bact. Abortussuis. Biroq uzoq vaqt odamlar uchun faqat malta mikrokokki patogen deb hisoblandi. • 1920 yilda uchala qo’zg’atuvchining 1-1 iga yaqinligi topildi va uni birinchi bo’lib ochgan tadqiqotchi nomi bilan 1 ta Brucella avlodiga birlashtirildi. • 1922 yilda Byurne brutsellyoz diagnostikasi uchun teri ichi allergik sinamasini taklif etdi. • 1957 yilda Yuta shtatida (AQSh) saxro butoqzor kalamushlaridan brutsellaga yaqin mikroorganizmlar ajratib olindi – Br. Neotomae. • 1970 yilda Mexikoda brutsellalarga yangi mikroorganizm turlari qo’shildi: • 1. qo’ylarda bola tushishini chaqiradigan Br. Ovis • 2. itlardan ajratib olingan kulturalar – Br. Canis.

  6. BRUTSELLYOZ QO’ZG’ATUVCHILARI1. Br. Melitennis-mayda shoxli uy hayvonlarida kasallik chaqiradi (Br. Melitennis-3 biovari)2. Br. Abortis bovis- yirik shoxli uy hayvonlarida kasallik chaqiradi (Br. Abortis bovis-9 biovari)3. Br. Suis- cho’chqalarda kasallik sababchisi(Br. Suis-5 biovari)4. Br. Canis- itlarda kasallik sababchisi 5. Br. Ovis- qo’chqorlarda kasallik sababchisi 6. Br. Neotonae- kalamushlarda kasallik sababchisi

  7. Brutsellalar juda mayda sharsimon yoki oval shakldagi bakteriyalar, harakatsiz, spora hosil qilmaydi, barcha anilin bo’yoqlari bilan oson bo’yaladi, gramm manfiy, fakultativ anaerob, o’zgaruvchanlik xos (S va L shakllar) • Sun’iy oziq muhitlarida ular sekin o’sadi, birinchi generatsiyasi (10-14- kuni va undan ko’p, 3 oygacha) va mayda shaffof koloniyalar hosil qiladilar. Ular uchun yaxshi oziq muhiti bo’lib jigarli bulon va jigarli agar hisoblanadi. • Brutsellalar tashqi ta’sirlarga chidamli va hayotchan. • Ular past haroratga chidamli, qor va muzda 1,5 oydan 4 oygacha saqlanadi. Biroq qizdirilganda 60-70°S da 30 daqiqada, 80-85°S da 5 daqiqada, qaynatilganda shu zahoti nobud bo’ladi, shuningdek ularga to’g’ri tushuvchi quyosh nuri va odatdagi konsentratsiyadagi dezinfeksiyalovchi eritmalar (xlorli ohak, lizol) halokatli ta’sir qiladi.

  8. Brutsellalar

  9. EPIDEMIOLOGIYASI Brutsellyoz kasb kasalligi hisoblanadi (chuponlar, qassoblar, sut sog’uvchilar va h.k.). Kasallikning asosiy manbalari qo’ylar, echkilar, sigirlar, cho’chqalardir. Shu bilan birga infeksiya manbalari otlar, bug’ular, tuyalar, xachirlar, itlar va mushuklar bo’lishi mumkin. Hozirgi kunlarda brutsellyozga 60 dan ortiq umurtqalilarning sezgirligi aniqlangan.Yukish yullari: kontakt va alimentar, gohida aerogen.Mavsumiyligi bahor oylari.

  10. Infeksiyaning yuqish omillariga quyidagilar kiradi:go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari (brinza, pishloq, qaymoq va xom sut)

  11. Kasallik bilan ko’proq 18 – 50 yoshgacha bo’lgan faol mehnat layoqatidagi shaxslar betoblanadilar. Lekin keyingi paytda bemorlar salmog’ida bolalarning foizi oshib bormoqda

  12. Markaziy Osiyo Respublikalaridabrutsellyoz bilan kasallanish, 1993-2003

  13. O’zbekistonda brutsellyoz tarqalishi

  14. Brutsellyozning patogeneziBrutsellyoz qo’zg’atuvchisi shikastlangan teri va shilliq qavatlari, kamroq nafas olish organlari orqali kelib tushadi brutsellalar limfa tomiri orqali regionar limfa tugunlariga kiradi brutsellalarning qonga o’tishi – bakteriemiya brutsellalarning lizisi – endotoksinning ajralib chiqishi toksinlarning vegetativ nerv sistemasiga ta’siri

  15. Retikuloendotelial sistemaning faollanishi makrofaglarning biriktiruvchi to’qima, parenximatoz organlar, mushaklar, bo’g’im xaltalarida o’choq sifatida to’planishi maxsus granulemalarning hosil bo’lishi tugallanmagan fagotsitoz organizmdagi allergik o’zgarishlar nesteril immunitet

  16. PATOLOGIK ANATOMIYaSI Brutsellyozda patomorfologik o’zgarishlar polimorf. Ular turli a’zo va to’qimalarda rivojlanishi mumkin, ko’pincha limfatik to’qima va limfatik apparat zararlanadi. Ularning xarakteri va ifodalanganlik darajasi patologik jarayon rivojlanish fazasiga bog’liq. Kasallikning o’tkir fazasida turli a’zolar limfatik tugunlari va retikulo-gistiotsitar hosilalarida ekssudativ yallig’lanishli o’zgarishlar paydo bo’ladi va ularda seroz yallig’lanish uchraydi (jigar, taloq, suyak ko’migi).

  17. Infeksionreaktiv vaskulit yuzaga keladi. Kasallikning nimo’tkir va surunkali fazalarida produktiv yallig’lanish jarayonlari ustunlik qilidi va epitelioid, retikulyar, plazmatik va yagona ko’p yadroli gigant hujayralardan tuzilgan spesifik brutsellyoz granulyomalari hosil bo’ladi. Kasallikning infeksion-allergik xarakteri biriktiruvchi to’qima, tomirlarning tizimli zararlanishi va reaktiv retikuloendotelioz rivojlanishi bilan namayon bo’ladi.

  18. GRANULYOMALAR

  19. N.I. Ragoze bo’yicha brutsellyoz klinik tasnifi.

  20. O’TKIR SEPTIK BRUTSELLYOZ Yashirin davr 3 hafta atrofida. Alomatlari: tana harorati 39-40°C gacha ko’tariladi, isitma chizig’i noto’g’ri, isitma 3-4 kundan davom etadi, qaltirash, kuchli terlash. Isitma xurujida bemor faolligini saqlab qoladi, teri qavatlari rangpar, lekin yuz va bo’yin isitma ko’tarilganda qizargan, periferik limfa tugunlarining kattalanishi.

  21. Vegetativ nerv sistemasi tomonidan o’zgarishlar: Bosh og’rishi, qizil dermografizm, yurak tonlarining bo’g’iqlashishi, kam hollarda infeksion toksik miokarditning rivojlanishi. Bronxitlar, faringitlar, angina. Jigarning kattalashishi, toksik nefrozonefrit alomatlari. Mushak, suyak va bo’g’imlarda og’riq.

  22. SEPTIKOMETASTATIK BRUTSELLYOZKasallikning ushbu shaklida septik jarayon asosida o’choqli o’zgarishlar namoyon bo’ladi – ayrim bo’g’imlarning shishi, harakatning cheklanishi, bo’g’im deformatsiyasi, bo’g’im xaltachalarining yallig’lanishi – bursit, mushaklar qinlarining shikastlanishi – sinovit. Ko’pincha o’choqli simptom bo’g’imlar, suyak ustidagi, mushaklar orasidagi, teri osti qavatida qo’shma to’qimali tuzilmalarning (sellyulitlar, fibrozitlar) ko’rinishida namoyon bo’ladi. Nevrologik o’choqli simptomatika – radikulitlar, pleksitlar, nevritlar. Erkaklarda jinsiy a’zolarning shikastlanishi –orxit, epidimit. Ayollarda hayz jarayonining buzilishi, bola tashlash.

  23. SURUNKALI BRUTSELLYOZKasallikning ushbu shaklida allergik xarakterga ega bo’lgan o’choqli o’zgarishlar ustunlik qiladi. Subfebril isitma kuzatiladi, intoksikatsiya alomatlari kuzatilmaydi. Tayanch-harakat apparatidagi o’zgarishlar – sellyulitlar, fibrozitlar, bursitlar. Umurtqa pog’onasidagi shikastlanishlar, nerv sistemasidagi o’zgarishlar (nevritlar, pleksitlar, radikulitlar, kamroq meningitlar, meningoensefalitlar, araxnoiditlar) ko’rish va eshitish nervlarining atrofiyasi, shilliq qavatlaridagi atrofik jarayonlar (xalqum va burunning tashqi devoridagi shilliq qavatning quruqligi, tomoq qichishi, ovoz bo’g’ilishi, uzoq davom etadigan laringitlar). Jinsiy a’zolarning shikastlanishi – erkaklarda orxit, jinsiy faollikning pasayishi, ayollarda salpingitlar.

  24. ORXIT

  25. REZIDUAL BRUTSELLYOZQoldiq organik va funksional o’zgarishlarning kelib chiqishi. Tayanch-harakat apparatidagi simptomatika: qaytmaydigan deformatsiyalar, mushaklar atrofiyasi, spondilyozlar, fibrozitlar. Brutsellyozdan keyingi paraallergik holatlar.

  26. BRUTSELLYOZ DIAGNOSTIKASI-Periferik qonda leykopeniya, limfotsitoz, monotsitoz, trombotsitopeniya, eozinopeniya, eritropeniya, EChT tezlashishi kuzatiladi.-Bakteriologik uslublar (asosan kon va suyak kumigi ekiladi).-Serologik uslublar (Rayt, Xeddelson, Kumbs reaksiyalari, PGAR, KBR, immunoflyuoressensiya, opson-fagotsitar reaksiyalari)-Teri osti sinamasi – Byurne allergik sinamasi

  27. Teri osti sinamasi – Byurne allergik sinamasi

  28. Byurne allergik reaksiyasi

  29. Brutsellyozning o’tkir septik shaklini davolashda tetratsiklin, levomitsetin, streptomitsin, sefalosporin guruhiga mansub antibakterial preparatlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, dezintoksikatsiya va desensibillovchi preparatlar beriladi.

  30. Vegetativ nerv sistemasi faoliyatini tiklash maqsadida V-guruhiga mansub vitaminlar, fosfolipidlar, ATF kullaniladi. Bemorlarni og’riq bezovta qilsa analgetiklar (baralgin, butadion, reopirin) qo’llaniladi.

  31. Antigistamin preparatlardan dimedrol, suprastin, pipolfen, tavegil kullaniladi. Immunitetni oshirish uchun immun preparatlari qo’llaniladi. Og’ir hollarda qisqa muddatga kortikosteroidlar beriladi.

  32. Brutsellyozning septikometastatik shaklini davolashda asosiy yo’nalish disensibilizatsiya, dezintoksikatsiya, immun sistemani faollovchilar, antibiotikoterapiya va simptomatik davo, so’ngra fizioterapevtik chora-tadbirlar qo’llaniladi.

  33. Davolash maqsadida brutsellyozning surunkali va ayrim xollarda septikometastatik shakllarida o’ldirilgan brutsellalardan tayyorlangan vaksinani qo’llash mumkin, lekin hozirgi paytda ko’p asorat berganligi sababli ishlatilmaydi.

  34. Keyinchalik davolash balneologik uslublari bilan yoki sanatoriy – kurort sharoitlarida davom ettiriladi.

  35. PROFILAKTIKASI Brutsellyoz bilan kasallanishni kamaytirish maqsadda kompleks ravishda infeksiya o’chog’ini yuqotishga qaratilgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o’tkazishimiz lozim. Kompleks chora tadbirlarga kasallikni ogohlantirish, aniqlash, erta diagnostika, o’z vaqtida to’liq davo choralarni o’tkazish va infeksiya o’chog’ini ajratish, dispanser kuzatuvni olib borish.

  36. Maxsus profilaktika JB-19 tirik brutsellyoz vaksinasi bilan amalga oshiriladi SPESIFIK PROFILAKTIKASI

More Related