1 / 5

Men nechun sevaman O'zbekistonni

Men nechun sevaman O'zbekistonni

Quvonchbek
Download Presentation

Men nechun sevaman O'zbekistonni

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Men nechun sevaman O'zbekistonni

  2. Har bir inson tugilib o'sgan Vatanini jonidan ortiq sevadi. Bunga asosiy sabab, insonning yurti uni o'stiradi, yediradi, kiydiradi va ta'lim beradi. Bunga javoban u yurtni avaylab, rivojlanishiga o'z hissasini qo‘shadi. Men O'zbekistonni nimaga sevaman? Uning baland tog'lari uchunmi, yoki bepoyon sahrolari uchunmi, yoki qimmat yer osti va yer usti boyliklari uchunmi? Men O'zbekistonni sevishimning sababi shunchalar ko'pki gapirib tugatib bõlmaydi. Mening fikrimcha, O'zbekistonchalik tinch davlat yo'q, O'zbekistonchalik shunday nozne'matlarni yetishtiradigan joy ham bu dunyoda yo'qdir.

  3. Vatanga muhabbat ostonadan, ona zamindan boshlanadi. Men o'z Vatanim - O'zbekistonimni juda ham sevaman. O'zbekiston - mening Vatanim, mening Diyorim, mening Ona Vatanim. O'zbekistonda men yashar ekanman, men o'z O'zbekistonimni sevishim, uni ardoqlashim kerak. U uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilishim kerak. O'zbekistonni dunyo bo'yicha 1-pog'onalarga ko'tarishim kerak. Men O'zbekistonni qanchalar sevidhimni hatto tasavvur ham qila olmaysiz. O'zbekistonda tug'ilgan odam borki barchasi bu vatanni sevadi. Hatto bu vatan uchun juda ko'p she'rlar bitilgan. Barcha she'rlarda vatan qanchalar ulug' ekani haqida aytib o'tiladi.

  4. Abdulla Oripov Men nechun sevaman O'zbekistonni Men nechun sevaman O’zbekistonni, Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo. Nechun vatan, deya yeru osmonin, Muqaddas atayman, atayman tanho. Aslida dunyoda tanho nima bor? Paxta o’smaydimi o’zga elda yo? Yoki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku, butun Osiyo. Men nechun sevaman O’zbekistonni, Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman. Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men, O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan! Aslida tuproqni odil tabiat, Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat, O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen? Aslida tuproqni odil tabiat, Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat, O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen? Men nechun sevaman O’zbekistonni? Sababini aytgin, desalar menga. Shoirona, go’zal so’zlardan oldin, Men ta’zim qilaman ona xalqimga: Xalqim, tarix hukmi seni agarda, Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi, Qorliklarni makon etgan bo’lsayding, Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga? Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin, Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo, Yurtim, seni faqat boyliklaring chun Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!

  5. O‘zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biridir. Uni bir umr ko‘rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag‘rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo‘lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi. O‘zbekiston deganda, ko‘z o‘ngimizga Farg‘ona vodiysining so‘lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko‘hna me'moriy obidalari, Qoraqalpog‘iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo‘rg‘onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go‘zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog‘lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o‘ziga xos fe'l-atvori va udumlari namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonni bir ko‘rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasini bu tarovatli, serquyosh zamin o‘ziga maftun etgani haqida to‘lqinlanib, hayajonlanib so‘zlashadi.

More Related