00:00

Overview of Natural Stone Materials and Artificial Aggregates in Construction

Natural stone materials are extracted, processed, and used in construction, along with artificial aggregates. Different types of rock formations such as magmatic, sedimentary, and metamorphic stones are utilized in various construction methods. The properties and uses of these materials, as well as their extraction, processing, storage, and preservation techniques, are crucial in the construction industry. This overview covers the composition, characteristics, and classification of natural stones and simulated aggregates, as explained in various academic sources and online references.

serrabasa
Download Presentation

Overview of Natural Stone Materials and Artificial Aggregates in Construction

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. Tabiiy tosh materiallar. Sun’iy kuydirilgan materiallar va buyumlar-sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha Tog’ jinslarining tarkib topishi va tavsifi, Qurilishda ishlatiladigan tog’ jinslari Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish, Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish, saqlash, ularni yemirilishdan himoyalash usullari. Mahalliy tabiiy tosh materiallarsh Sopol buyumlar haqida umumiy tushuncha Sopol buyumlarni ishlab chiqarish xom ashyolari, usullari va xossalari

  2. Adabiyotlar 1. A.Hamidov “Qurilish materiallari va buyumlari”, Toshkent, Fan va texnologiya, 2014b 2. Qosimov E., Qurilish ashyolari. T. “Mexnat”, 2004.,511bet. 3. Samigov N.A., Samigova M.S. “Qurilish materiallari va buyumlari”. Toshkent. “Mehnat”, 2004y. 310b. 4. Samig‘ov N.A., Xasanvoa M.K., Zokirov J., Komilov X. Qurilish materiallari fanidan misol va masalalar to‘plami. O‘qituvchi. 2005. 146b. 5. Samig`ov N.A., Xasanova M.K., Zokirov J.S., Komilov X.X. Qurilish fanidan misol va masalalar to`plami. O`qituvchi. 2005. 146b. 6. Интернет сайтлари: materiallari Tayanch so’z va iboralar: Mineral, monomineral magmatik tog’ jinslari, cho’kindi tog’ jinslari, metamorfik tog’ jinslari, dala shpatlari, granit, dolomit, bazalt, gabbro, siyenit, topaz, korund, olmos, kvars, marmar, slanets, slyuda.

  3. 1-§ Tog’ jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yo’li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yo’llar bilan) olinadigan qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog’ jinsining fizik-mexanik xossalarini qariyib to’la saqlab qoladi. Tog’ jinslari yer qobig’ini yuzaga keltiruvchi mustaqil geologik jinslarni hosil ma’lum darajada o’zgarmas tarkibli iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog’ jinslari oddiy yoki monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog’ jinslari esa murakkab, yoki polimineral jinslar deb ataladi. Mineral (lotin tilida minera - ruda) – kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo’yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo’lib, yer qobig’ida sodir bo’ladigan har xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. Har qaysi mineral ma’lum kimyoviy tarkib va fizik-mexanik xossalar bilan tavsiflanadi. qiladigan, minerallarning tabiiy agregatlaridan

  4. Kelib chiqishi bo’yicha tog’ jinslari magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik kabi uch guruhga bo’linadi. Magmatik tog’ jinslari-olov suyuq massa- magmaning sovishi natijasida hosil bo’lgan. Magma yer qobig’ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki yer qobig’i ustida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chuqurlikda sovigan (intruziv) va otilib chiqib sovigan (effuziv) jinslarga bo’linadi. Tog’jinslari Magmatik Cho'kindi Metamorfik A. Yirik 1. Chuqurlikdagi (granit, diorit, gabbro,labradorit) A. Mexanik yotqiziq 1. G’ovak (qumlar, shag’al) A. O’zgargan magmatik B.O’zgargan cho’kindi (marmar, kvarsit, gilli slanetslar) 2. Otilib chiqib oqqan (porfirlar, diabaz, bazalt) 2. Sementlangan qum-tosh, konglomerat, brekchiya B. Chaqiq vulqonik 1. G'ovak (vulqon kul, pemza) 2. Sementlangan (vulqon tufi) A. Gilli (gillar) V. 1. Xemogen – kimyoviy cho’kindi (dolomit, magnezit, gipis) 2.Organogenik yotqiziqlar (ohaktosh, ohaktosh chig’anoq- tosh, bo’r, diaomit, trepel)

  5. Metamorfik yoki ko’rinishi o’zgargan tog’ jinslari cho’kindi yoki magmatik tog’ jinslarining yuqori harorat, yuqori bosim va boshqa omillarning ta'sirida o’z ko'rinishlarini o’zgartirishlari natijasida yer po’stining qalinligida hosil bo’lgan. Bunday sharoitlarda minerallar erimasdan qayta kristallanadi, bu esa hosil bo’lgan jinslar zichligining dastlabki jinslar zichligiga nisbatan ortishiga yordam beradi. Odatda, metamorfik tog’ jinslari slanets tuzilishiga ega bo’ladi, lekin birlamchi jinslar strukturasini saqlab qolishlari mumkin.

  6. Tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlari ularning tuzilishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shu bilan birga, ularning asosiy xossalari, binobarin, tog‘ jinslarining qurilishda ishlatish sohalari shu tuzilishga bog‘liqdir. Chuqurlikda hosil bo‘lgan magmatik tog‘ jinslari o‘ta darajada zichligi, sovuqqa chidamliligi va suvni kam shimib olishi bilan ajralib turadi. Bunday tog‘ jinslarining asosiy turlari: granit, diorit, gabbro, labradoritdir. Granit – kvars, dala shpati (ortoklaz) va slyudadan iborat Diorit- asosan dala shpati (plagioklaz) va mo‘giz rudadan iborat Labradoit – gabbroning turlaridan biri bo‘lib, asosan dala shpati va labrador mineralidan iborat.

  7. Gabbro-eng mustahkam va turg‘un magmatik tog‘ jinsi bo‘lib, dala shpati (plagioklaz) va qoramtir rangli minerallardan (avgit va olivindan) iborat Chaqiq cho'kindi tog’ jinslarining uvalanib ketadigan turlari (qum, shag'al) hamda sementlangan turlari (qumtosh, konglomeratlar, brekchilar) qurilishda keng ko’lamda ishlatiladi. Gilli cho'kindi tog’ jinslari jumlasiga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqalarning juda mayda zarrachalaridan iborat bo’lgan mayda chaqiqli qatlamlari kiradi.

  8. Ximogenli cho’kindi jinslar Organogen cho’kindi jinslar dolomit, magnezit, gips angidrit ohaktosh, ohaktosh- chig’anoqtosh, bo’r, trepel, diatomit Metamorfik tog’ jinslari gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvarsitlardir

  9. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish, saqlash, ularni yemirilishdan himoyalash usullari 2-§ Tosh materialllar va buyumlar ishlab chiqarish uchun avvalo tog’ jinsini qazib olish va unga ishlov berish zarur. . Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan qazib olish usullari mustahkamligi va qattiqligi, buyumlarning shakli bog’liq. Tog’ jinslari uncha chuqur joylashmagan yoki yer yuzasiga yaqin joylashgan hollarda, ularni qazib olish ochiq usulda olib boriladi. Chuqur joylashgan tog’ jinslari tosh maydalanadigan joylar yoki shaxtalarda yerosti usulida qazib olinadi. tog’ jinslarini sharoitlari, yasaladigan ularning joylashish shuningdek, o‘lchamlariga hamda

  10. Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo’ljallangan zich tog’ jinslari, odatda, portlatish usulida qazib olinadi, lekin tog’ jinslaridan katta o’lchamli plitalar va bloklar tayyorlashda ushbu usul qo’llanmaydi, chunki jinslarda darzlar paydo bo’lishi mumkin. Alohida bloklar massivdan tosh tarashlash va qo’porish mashinalari, shuningdek, maxsus asboblar yordamida arralab yoki sindirib olinadi.

  11. Toshga ishlov berish Tog’ massividan ajratib olingan katta o’lchamli toshlarga ishlov berish natijasida tosh zarur shakl va o’lchamlarga, ustki yuzasi esa belgilangan holatga keladi. Toshga, mexanizatsiyalashgan usulda ishlov beriladi. Qoplama toshlarga ishlov berish, ayniqsa sermehnat va murakkab ishdir. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: tosh bloklarini talab etilgan qalinlikda plitalar va bo’laklarga arralash, plitalar va bo‘laklarni berilgan o‘lchamlarda qirqish, profillash va faktura bezak berish va hokazo. Toshga ishlov berish uchun har xil qurilmadagi statsionar stanoklardan, shuningdek portativ pnevmatik maydonchalarida bu asbob vositasida qoplama ishlarni bajarishda detallarning kerakli joylari jilvirlanadi. odatda, maxsus zavodlarda asbobdan foydalaniladi. Qurilish

  12. Toshga dastaki pnevmatik asbob bilan ishlov berish

  13. Tabiiy tosh materiallar va buyumlarni tashish hamda saqlash vaqtida mexanik shikastlanishi, ifloslanishi va namlanishini istisno qiladigan choratadbirlarga rioya qilish zaurur. Qoplama plitalar va boshqa buyumlarni tashish va transport vositalaridan tushirishda uloqtirishga ruxsat etilmaydi.

  14. Tabiiy toshdan tayyorlangan qoplama buyumlar yopiq omborlar yoki bostirma ostida turlari bo’yicha xillarga ajratib, arralanadigan bloklar va bort toshlarni esa tekislangan ochiq tagliklarga yotqizib saqlash Ombordan suv oqib chiqib ketishi ta’minlanishi lozim maydonlarda tavsiya yog’och qilinadi.

  15. Tosh materiallar atrofidagi muhit bilan o’zaro ta’sirlanish, fizik- kimyoviyjarayonlar, shuningdek turli o’simlik organizmlarining ta’siri natijasida yemirilishi mumkin. Toshning yemirilishiga asosiy sabab-suv ta’siridir, chunki u toshning darz ketgan joylari va g’ovaklariga kiradi, so’ngra muzlab va hajmi kengayib toshni yemiradi. Bundan tashqari, xaroratning keskin o’zgarishi natijasida tosh yuzasida mikrodarzlar paydo bo’ladi, ular yemirilish manbai bo’lib qoladi. Turli mikroorganizmlar va o’simliklar darz ketgan joylarda joylashib olib organik kislotalar ajratib chiqaradi, ular o’z navbatida toshni yemiradi. Havo tarkibidagi turli gazlar, masalan karbonat angidrid gazi, ohaktoshlar va marmarlarning yuzasini intensiv yemiradi. Tabiiy tosh materialining yemirilish tezligi toshning tuzilishi, zichligi, yuzasining mineralllarning kimyoviy tarkibi va boshqa tafsilotlariga, shuningdek toshga tashqi ta’sirlarning intensivligiga bog’liq. sifati, jins hosil qiluvchi

  16. Mahalliy tabiiy tosh materiallar 3-§ O‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozlash qoplama materiallarini ko‘plab ishlatish, shuningdek temir yo‘l o‘tkazish kabi ishlar juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol materiallar qurilish talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda tabiiy toshlar qo‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari O‘zbekistonda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zahirasi qurilish talablarini bir necha o‘n yillargacha qondira oladi.

  17. Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda (qum) va yirik (shag‘al) to‘ldirgichlar O‘zbekistonda keng tarqalgan. Chirchiq daryosining Chinoz yaqinidagi o‘zanida, Sirdaryo o‘zanida, Farg‘ona vodiysi va boshqa yerlarda shag‘al va qum zahiralarini ko‘plab uchratish mumkin. Beton uchun yuqorida aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini ham ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va Farg‘ona vodiysida ko‘p uchraydi. Ular 10-20 metr qalinlikdagi qatlam sifatida, Ohangaron vodiysida kichkina tepaliklar sifatida Jilg‘a to‘xtash joyigacha, Chirchiq vodiysida esa Barraj to‘xtash joyigacha bo‘lgan joylarda ko‘p tarqalgan. Mays va Darvoza qum konlaridan deyarli 15 yildan beri qum qazib olinmoqda. Sho‘rob va Sulyukta ko‘mir konlari atrofida 20- 30 metr qalinlikka ega bo‘lgan oq qum qatlamlari yer yuzasiga ko‘tarilib qolgan. Toshkentdan 50-70 kilometr masofadagi Qurama tog‘larida 100 metr qalinlikka ega bo‘lgan dolomit qatlamlari topilgan. Oq dolomit toshlari O‘zbekistonning janubida, G‘uzor Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. g‘arbiy- janubidagi tog‘larining

  18. 4. Sopol buyumlar haqida umumiy tushuncha Gilli qo’shilmalar qo’shib, olinadigan ataladi. massalar ularning qoliplash va kuydirish yo’li bilan buyumlar va materiallar sopol materiallar deb yoki aralashmasiga mineral Hozirgi kun qurilishida devorlar qurish va bino tomlarini yopish, fasadlarni qoplash, o’choq va tutun quvurlarini terish, oqava va drenaj qurish hamda foydalaniladi. spool materiallar va buyumlardan pol, devor va boshqa maqsadlar uchun Sopol buyumlar yasaladigan material sopol texnologiyasida sopol sopolak deb ataladi.

  19. Qurilish bob sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv jixatdan tuzilishi, sirtining holati va hokazo bo’yicha turlanadi. 1. Qurilmasi jihatidan mo’ljallanishi bo’yicha 2. Sopolakning tuzilishiga bo’yicha

  20. Qurilmasi jihatidan mo’ljallanishi bo’yicha Sopol materiallar va buyumlar quyidagi guruhlarga bo’linadi. • Santexnika buyumlari uchun • Kislotaga bardoshli buyumlar uchun binolar fasadini qoplash uchun bino tomlar uchun Binolar ichiga qoplash uchun Oqava va drenaj quvurlari uchun • Yo’l materiallari uchun • Issiqlikdan himoya uchun

  21. Sopolakning tuzilishiga buyicha • Materiallardan yasalgan sopolak singanda xira ko’rinadi, suvni oson shimib oladi, g’ovakliligi 5% dan ortiq bo’ladi. G’ovakli spool buyumlar jumlasiga g’isht, ichi g’ovak toshlar, cherepitsiya va boshqalar kiradi. G’ovakli buyumlar • Oq yoki bir tekis bo’yalgan zich materiallar singanda yaltiroq chig’anoq simon ko’rinadi, g’ovakliligi 5% dan oshmaydi, suyuqlik ba gazlarni o’tkazmaydi. Zich spool buyumlar ichida pol pilitkalar, kislotaga chidamli g’isht va boshqalarni aytish lozim. Zich sopol buyumlar

  22. 2. Sopol buyumlar ishlab chiqarish xom ashyolari Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyodir. xossalarini yaxshilash uchun, shuningdek, tayyor buyumlar ma’lum fizik-mexanik bo’lishi uchun yog’sizlantiruvchi, quyib ketadigan ba plastik qiladigan qo’shimchalar materiallar ba buyumlar turli-tuman o’lcham, shakl, fizik-mexanik xossalarga ega bo’ladi va maqsadlarda foydalaniladi. Gilning texnologik xossalarga ega ishlatiladi. Sopol

  23. Gil tog’ jinslarining bilan pilastik berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan kiyin tosh qattiqligiga ega bo’lish xususiyatiga ega. mayda dispersiyali fraktsiyasi bo’lib, suv qorishma hosil qilish, qurigandan keyin unga Gil quyidagi tog’ jinslarining yemirilishi va parchalanishidan hosil bo’ladi magmatik metamorfik

  24. Gillarning sopolak materiallar ishlab chiqarishda xisobga olinadigan eng muhim xossalari plastikligi, havoda va olovda kichrayishi, olovbardoshligi, gil sopolakning rangi va hokazolardir. • Gil qorishmasining tashqi kuchlar ta’siri ostida darzlar hosil qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingandan keyin shu shakilni saqlab qolishiga aytiladi • Yuqori plastic gillarning hovoda chiziqli kichrayishi 10% dan ortiq, o’rtacha pilastikdagi giliniki 6-10 va oz pilastik giliniki 6% dan kam bo’ladi. • pishirish jarayonida quruq namunaning chiziqli o’lchamlarining o’zgarishiga aytiladi. Gillarning olovda kichrayishi turiga qarab odatda 1-4% atrrofida bo’ladi. • Olov bardoshligi bo’yicha gillar uch guruxga bo’linadi: yumshash harorati 15800 dan yuqori olov bardosh gillar; yumshash harorati 15800-13500 bo’lgan kiyin suyuqlanadigan gillar va yumshash Harorati 13500 dan past oson syuqlanadigan gillar.

  25. Xom ashyo materiallarni qazib olish, xom ashyo massani tayyorlash, omborda saqlash Ishlab chiqarish texnologik bosqichlari pishirilgan buyumlarn i navlarga ajratish, xom ashyoni qoliplash, quritish, pishirish,

  26. Zavodga gil quyidagi transport to’rlari bilan tashiladi Relis yo’llarda Avtosamosvallar Lentali Transporterlar Kuzovi Kanat yo’ l vagonetkalari to’ntariladigan vagonetkalarda

  27. 3. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish usullari va xossalari Xom ashyo massasini tayyorlash. Xom ashyo aralashmasi yarim quruq , plastik yoke xo’l (shliker) usullarda tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, sopol massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga bog’liq. • Xom ashyo materiallari quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Yarim quruq usulda • Xom ashyo materiallari tabbiy namlikda aralshtirilasdi yoke namligi 18-23 % bo’lgan gil qorishmasi hosil bo’lganga qadar suv qo’shiladi. Plastik usulda • Xom ashyo materiallar oldindan maydalab kukin qilinadi, so’ngra esa ko’p miqdorda suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bo’ndaa bir jinsli suspenziyz(shliker) hosil bo’lishi kerak. Shliker usulda

  28. Buyumlarni qoliplash. Sopol buyumlar quyidagi usullarda qoliplanadi: Qoliplash usulini tanlash buyumlar turiga, shuningdek, xom ashyoning tarkibi va fizik- mexanik xossalariga bog’liq. Plastik usulda Buyumlarni quritish. Buyumlarni pishirish.

  29. Sopol buyumlarni asosan kuproq quyidagi turdagi uchoqlarda pishiradi Halqasimon o’choq Rolikli o’choq Tunneli o’choq Tirqishli o’choq

  30. Halqasimon oʼchoq ellipsga oʼxshash tutash pishirish kanalidan iborat boʼlib, shartli ravishda kameralarga boʼlingan. Halqasimon oʼchoqь kameralarining miqdori uning unumdorligiga qarab 16 dan 36 gacha oʼzgarib turadi. Shartli kameralar guruxlarga quyidagi izchillikda joylashgan donalarga birlashtiriladi: yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va oʼchoqdan chiqarib olish. Halqasimon oʼchoqda yonish oʼchogʼi boshqa boʼlimlar kabi pishirish kanali boʼylab toʼxtamasdan siljiydi, pishirilayotgan mahsulot esa oʼz joyida boʼladi. Halqasimon oʼchoqlarda asosan gʼisht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900-11000S. Halqasimon oʼchoqda butun pishirish jarayoni 3-4 kecha kunduz davom etadi. Tunnel oʼchoq - uzunligi 100 m gacha boʼlgan, boshi va oxiri ochiq kanaldan iborat boʼlib, unda pishiriladigan buyumlar joylangan vagonetkalar relslarda harakatlanadi. Tunnel oʼchoqda halqasimon oʼchoqdagi kabi zonalar boʼladi, yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va oʼchoqdan chiqarib olish bosqichlari bajariladi. Lekin tunnelь oʼchoqda boʼlimlar boʼylab buyumlar siljiydi, boʼlimlar esa oʼz joyida qoladi. Tunnelь oʼchoqlar gazda yoki mayda koʼmirda qizdiriladi. Bu oʼchoqlarda maxsulotni yuklash mexanizatsiyalashtirish, shuningdek,pishirish avtomatlashtirish oson boʼladi. Pishirish jarayoni 18-38 soat davom etadi. Tunnel oʼchoqlar halqasimon oʼchoqlarga nisbatan ancha unumdor va tejamli hisoblanadi. va jarayoni tushirish jarayonlarini uni rostlashni va

  31. XULOSA • Respublikamizda keng ko’lamdagi olib borilayotgan islohotlardan qurilish sohasida katta e’tibor qaratilgan. Zamonaviy inshootlar, binolar dam olish maskanlari yurtimiz ko’rkiga ko’rk ishlatiladigan tabiiy tosh mahsulotlarini ham o’rni katta. Tabbiy tosh konlarini izlash, tabiiy tosh mahsulotlarni qazib olish va ishlov berishda zamonaviy usullarni qo’llash, tayyor mahsulotlarni saqlash hamda yetqazib berish borasida yangi g’oyalarni isloh etishimiz lozim. qo’shmoqda. Qurilishda

  32. Nazorat savollari 1. Tog‘ jinsi nima? 2. Mineralni ta’riflab bering. 3. Tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlariga qarab sinfini keltiring. 4. Magma (otilib chiqqan) tog‘ jinslari: granit, labradorit, bazalt, vulqon tufining xossalari va ishlatish sohalarini aytib bering. 5. Qum, ohaktosh, bo‘r, diatomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlari qanday va ular qayerda ishlatiladi? 6. Asosiy metamorfik tog‘ jinslarini aytib bering, ularning xossalarini tavsiflang va qanday maqsadlar uchun foydalanishini ko‘rsating. 7. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ularga ishlov berish usullarini bayon eting. 8. Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh materiallar va buyumlarning asosiy turlarini aytib bering. 9. Inshootlarda tabiiy tosh materiallarning yemirilish sababi nima? Ularni himoyalash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish lozim? 10. Sopol buyumlar deganda nimani tushunasiz? 11. Sopolakning tuzilishiga buyicha necha xil turga bo’linadi? 12. Ishlab chiqarish texnologik bosqichlari sanab bering? 13. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish usullari aytib bering? 14. Sopol buyumlar qanday usullarda qoliplanadi: 15. Sopol buyumlar kuproq qanday uchoqlarda pishiradi?

  33. E’tiboringiz uchun rahmat! Salomat bо‘ling!

More Related