1 / 9

53e32bcee57ec

giles
Download Presentation

53e32bcee57ec

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish»kafedrasi Tursunov Bobir Mustafoevich Tuproq ekologiyasiga pestitsiblarning ta’siriBITIRUV MALAKAVIY ISh Ilmiy rahbar_____dots. Abduraximov M.K.amarqand - 2012

  2. Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida 2008 yilda qishloq xo’jaligida 4,5 foiz o’sishga erishilganligi qayd etilgan. Sabzavot yetishtirish uchun fermerlarga ajratilgan yer maydonlari 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barovar ko’paytirildi [1]. Insoniyatning biosferaga ta’siri global xarakterga ega bo’lib, doim ham ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Akademik V.I. Vernadskiy (1983), «noosfera» atamasini geokimyoviy nuqtai nazardan o’rganib chiqib: «Bu insonlar tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda kimyoviy keskin o’zgaruvchi biosferadir», deb yozgan.

  3. Tadqiqot maqsadi. Respublikamizda tarqalgan tuproqlarga pestitsiblarning ta’siri xossalari, xususiyatlari va ulardan qishloq xo’jaligik ekinlari yetishtirishda foydalanish va unumdorligini oshirishda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni hamda gipsli tuproqlarning ekologik holatini o’rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: 1.Sug’oriladigan bo’z tuproqlar muhofazasining ayrim jihatlari;2. Inson omilining bo’z tuproqlar degaradasiyasi va sifat ko’rsatkichlariga ta’siri;3. Pestisidlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi ; 4. Birdaniga o’tkir va surunkali zaharlanish to’g’risida tushuncha;5. Pestisidlar va tashqi muhit aloqadorligini o’rganishdan iborat.

  4. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.Kimyoviyifloslangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash va ularning unumdorligini oshirish alohida majmuasini talab qiladi. Bunday qiyin meliorasiyalanuvchi tuproqlarda yerlarni chuqur haydash, organik va mineral o’g’itlar solish va zaruriyat bo’lsa sho’r yuvish ishlarini sifatli o’tkazish yaxshi samara beradi. Meliorasiyalashgan bunday tuproqlarning unumdorligini saqlab qorlish uchun almashlab ekish tizimlarini yaxshi yo’lga qo’yish, mineral o’g’it shakllaridan to’g’ri foydalanish, tabaqalashtirilgan holda ishlov berish lozim. Respublikamizda bunday yerlarning asosiy qismida g’o’za yetishtiriladi.

  5. XULOSALAR1. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligida amaliyotga qo’llaniladigan pestisidlar o’zinining fizik-kimyoviy xossalari, tashqi muhitga chidamligi va boshqa xususiyatlari jihatdan bir-biridan anchagina farq qiladi. 2. Zarafshon vohasi eskidan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar tarkibida ifloslantiruvchi kimyoviy zaharli moddalarning tuproq, suv va o’simliklar trofik zanjirlari bo’ylab harakatlanishi aniqlangan. 3.Toshkent shahrining tuproqlari sanoat, qurilish, transport va maishiy chiqindilar tarkibidagi mis, rux, qo’rg’oshin, kadmiy va ftor birikmalari bilan o’rta, yuqori va juda yuqori darajada ifloslanganligi qayd etilgan. Ularga qarshi kurash choralari tavsiya qilingan. 4. Pestisidlarni ishlatish me’yoriga, muddatlariga qayt’iy amal qilib borish katta ahmiyat kasb etadi. Turli buyum va asboblarning sirtida ma’lum darajada yuqi qoladigan va meva hamda sabzavotlarning birmuncha ichkari qatlamalariga o’ta oladigan moyli emulsiyalar ko’proq xavfligi bilan ajralib turadi.

  6. TAVSIYALAR Atrof muhit va inson salomatligini muxofaza qilish uchun eng avvalo o’g’itlar turkumidagi organik o’g’itlar ulushini ko’paytirish va almashlab ekishni joriy qilish muhim axamiyatga ega. Shuningdek, qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlarga bo’lgan talab ehtiyojni aniqlashda har bir xo’jalikning aniq tuproq-iqlim sharoitlari, almashlab ekish tizimidagi ekinlar, o’simliklarning oziqlanish xususiyati, o’g’it turlarini hisobga olgan holda, ilmiy tadqiqot institutlari va viloyat agrokimyoviy stansiyalari tavsiyalari asosida ish ko’rish maqsadga muvofiqdir.

More Related