1 / 21

SINFDAN TASHQARI O’QISH. SINFDAN TASHQARI O’QISH JARAYONIDA BOLALAR ADABIYOT I DAN FOYDALANISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI. SINFDAN TASHQARI O’QISH. SINFDAN TASHQARI O’QISH JARAYONIDA BOLALAR ADABIYOT I DAN FOYDALANISH. ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI. Ma’ruzachi: S.Boltaboyeva. 2 soat ma’ruza. Andijon – 2009 y.

hayley
Download Presentation

SINFDAN TASHQARI O’QISH. SINFDAN TASHQARI O’QISH JARAYONIDA BOLALAR ADABIYOT I DAN FOYDALANISH

An Image/Link below is provided (as is) to download presentation Download Policy: Content on the Website is provided to you AS IS for your information and personal use and may not be sold / licensed / shared on other websites without getting consent from its author. Content is provided to you AS IS for your information and personal use only. Download presentation by click this link. While downloading, if for some reason you are not able to download a presentation, the publisher may have deleted the file from their server. During download, if you can't get a presentation, the file might be deleted by the publisher.

E N D

Presentation Transcript


  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SINFDAN TASHQARI O’QISH. SINFDAN TASHQARI O’QISH JARAYONIDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI Ma’ruzachi: S.Boltaboyeva 2 soat ma’ruza Andijon – 2009 y.

  2. Maqsad: Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil qilish yo’llarini tushuntirish. REJA Ko’rgazma: Turli adabiyotlar, plakatlar. Kutilayotgan natija: Kitob o’qishga qiziqtirish, kitobni sevishga o’rgatish. Tayanch iboralar: Forma, fantastik, maishiy, hajviy. Sinfdan tashqari o’qishning tashkil etish va uning vazifalari O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik formalari. Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish

  3. Maktab bolani o’qish malakasi bilan qurollantiradi, shuning bilan birga, kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, muntazam o’qib borishni talab qiladigan, ma’lum bir mazmunga doir kitoblarni tanlay oladigan, faqat qiziqarli kitoblarnigina emas, balki gazeta va jurnallarni ham o’qiy oladigan aktiv kitobxonni tarbiyalashi lozim. Sifndan tashqari o’qish tarbiyaning ajoyib quroli sifatida xizmat qiladi, o’qishga, ko’p narsani bilishga havasini orttiradi. Mavjud programmada sinfdan tashqari o’qish sodasida bolalar egallashi zarur bo’lgan bilam va ko’nikmalar belgilab berilgan, bolalar yozuvchilarining ya’ni asarlarini bilim, mustaqil o’qigan kitoblarini to’g’ri baholay olish, kerakli materialni tanlay bilish, o’qish kundaligi korita olish va hakozo. 1959 yildan boshlab sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yangi formasi-maxsus darslar uyushtirila boshlandi. Bu darslar 1-2 sinflarda xaftada 1 marta, 3-sinfda esa ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar qiziquvchanliklari bilan boshqalardan ajralib turadilar. Ular turli voqea-xodisalar va ertan o’qishga qiziqadilar. Mamlakatimizda bolalar adabiyoti adabiyotning mustaqil saxasi deb qaraladi. Q.Muxammadiy, P.Mopmin, Z.Diyor, SH.Sahdulla, Qudrat hikmat S.Ya.Marsha, S.V.Mixalkov, V. Biankilar bolalarning sevimli yozuvchilaridir. H.Olimjon, Gp.Gpulom, V.V.Moyanovskiy, Mirmuxsin, R.Fayziy, H.SHamoslar ham bolalar uchun asarlar, kitoblar yozgan.

  4. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagilarga rioya qilinadi. 1. Tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi. Ularga. Vatan uchun kurishgan xalq, uning qaxramonlari, dopstlik, kishilar mehnati, turmush, oila, tabiat haqidagi kitoblar tavsiya qilinadi. 2. Janri va mavzusi jixatdan Xilma-xil proza, va she’r, badiiy va ommabop adabiyot, xozirgi kun va o’tmish haqidagi kitoblar, klassik va xizirli avtorlarning asarlari, folklor-ertak, topishmoq; jurnal gazeta bo’lishi zarur. 3. Yoshli va saviyasiga muvofiq printsipga rioya qilish Masalan: 1-sinfda hikoya, ertak, Vatan haqida o’simlik va xayvonlar haqidagi bolalarbop asarlar tavsiya qilinadi. 2-sinfda mazu kengaytiriladi unga aniqlik kiritiladi: yetakchi qahramonlar, chet el bolalar hayoti, urush, zavod va fabrika, jamoa xo’jaligidagi, mehnat, xalqlar ertaklari, ilmiy-ommabop kitoblar, o’qishga tavsiya etiladi. O’quvchilar G’.G’ulom, Oybek, Shukurillo, A.Kononov, Hamza, N.Krupskaya, Z.Diyor, Yu.Shomansur, H.Nazir, Yo.Shukurov, E.Vohidov, S.Abduqahhor. I.Krilov kabi ko’pgina avtorlar bilan tanishadilar. 3-sinfda yuqorida ko’rsatilgan mavzularga ilmiy-hujjatli, ilmiy-ommabop adabiyotlar qo’shiladi. O’quvchilar S.Ayniy, A.Umariy, A.Qahhor, M.Shayxzoda, T.Yo’ldosh, Yo.SHukurov, A.Chexov, A.Gaydar, E.Jumanbulbul, V.Bonch-Brusvich kabi avtorlarning asarlarini o’qiydilar.

  5. 4. Shaxsiy qiziqishi, mustaqil o’qishini hisobga olish. O’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash, o’zi uchun zarur bo’lgan kitobni o’zi tanlay oladigan kitobxonlarni tarbiyalash muhimdir. Sinfdan tashqari o’qish sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish sinfdan tashqari o’qish uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atini boyitadi. Sinfdan tashqari o’qish o’z navbatida qiziqarli, o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarniong bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish-hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy formasi maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari hisoblanadi. S.T.Op darsining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, sinfda o’qish darslaridan printsipial farq qiladi. Sinfdan tashqari o’qish darslari erkin dars hisoblanadi; bunday darslarda bolalarning kitobxonlik qiziqishilari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy rivojlanadi: aktiv kitobxonlar uchun zarur ko’nikma va malakalar shakllanadi. Sinfdan tashqari o’qish darslari O’quvchilarning aktivligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi xilma-xil bo’ladi. Sinfdan tashqari o’qish darslari o’z oldigan qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi.

  6. - har bir darsda bolalar o’qigan kitoblar hisobga olinadi. O’qigan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, 2-3 o’quvchi o’qigan kitoblari haqida gapirib beradilar. O’qituvchi darsda o’zaro fikr olmashish holati yaratadi. - har bir darsda yangi kitoblar tavsiya qilinadi. Tavsiya formolari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatib, to’g’ridan to’g’ri, biror mavzu yoki avtorga tegishli ko’rgazma tashkil etish, qiziqtirish uchun biror kitobdan parcha o’qib berish, rasm ko’rsatishdan iborat. - har bir darsda o’quvchilar hikoya, she’r o’qiydilar hajmi kichik asarni yaxlit, katta bo’lsa 2-3 dars davomida o’qiydilar, sinfdagi barcha o’quvchilar o’qigan kitobidan biror parchani o’qib beradilar. Ko’proq ovoz chiqarib o’qiydilar, bundan tashqari ichda o’qish, she’r yodlash, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi. - har bir darsda o’qilgan asarni suxbat, ya’ni O’qituvchi savoliga javob berish: erkin hikoyalab taxlil qilish elementi bo’ladi erkin hikoya qilish uchun sovol umumiy tarzda beriladi. “Senga nimalar juda ham yoqdi?” “Bu kitob haqida sen nimalarni ayt olasan?” kabi. - har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: avtor haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab u nima haqida ekanini bilish, ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi. sinfdan tashqari o’qish darslarida traditsion ish usullari (qayta hikoyalash, lug’at ishi, suhbat kabi) dan zarur o’rinlarda foydalanish tavsiya etiladi.

  7. Kichik yoshdagi O’quvchilarda mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqichlarini ajratish muhim ahamiyatga ega. Bu bosqichlar va o’quvchilarning har bir bosqichdagi vazifalarini, sinfdan tashqari o’qish metodikasini metodist olima N.N.Svetlovkaya ishlab bergan. 1-bosqich tayyorlov bosqichi bo’lib 1-sinfda o’quv yilining birinchi yarmida o’z ichiga oladi. Bunda tom ma’noda sinfdan tashqari o’qish uchun 20 minut dars qismi ajratiladi. Bunda O’quvchilar xos biror asar o’qib beriladi. O’quvchilar hikoya, ertak eshitib idrok etishga, soddagina baho berishga, o’qish gigenasining asosiy qoidalari va kitobga qanday munosabatda bo’lish bilan tanishadilar. 2-bosqich 1-sinf o’quv yilining ikkinchi yarimdan boshlanadi. Bunda haftada 1 marta sinfdan tashqari o’qish darsi ajratiladi. Bunda bolalar kitob bilan tanishadilar, avtorning familiyasini, kitob nomini to’ishga, rasmlarni ko’rishga, o’qiganlarini hikoya qilib berishga o’rganadilar. 3-bosqich asosiy bosqich 2 yilni (1-2 sinf)ni o’z ichiga oladi. Bu davr ichida bolalarning o’qish malakalari mustahkamlanadi, sinfdan tashqari o’qish haqiqiy mustaqil o’qish, sinfdan tashqari o’qish darslari esa O’quvchilarning mustaqil o’qiganliklariga rahbarlik qilishnig haqiqiy formasiga aylanadi.

  8. Sinfdan tashqari o’qish darsining turlari. sinfdan tashqari o’qish darslarning xususiyatlari: 1. sinfdan tashqari o’qish sistemasining bosqichlari 2. O’quv vazifalari ya’ni pragramma bilan 3. Tarbiyaviy vazifalari bilan 4. O’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi Tayyorlov bosqichda 20 minutlik sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotida 1-sinf O’quvchilariga mos va qiziqarli bo’lgan 5-6 minutga mo’ljallanganhikoya, ertak, she’rlar tanlanadi: o’qiganlari yuzasidan suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarini ko’rishga vaqt ajratiladi.

  9. Bunda dars qurilishi quyidagicha bo’ladi.(M.M. Prishvinning “Tipratikan” hikoyasi) • Kirish suhbati. Bolalar, kim tipratikanni ko’rgan? Terisida nimalar bor? • (2 men hikoya qilnadi) • O’qituvchi hikoyani o’qib beradi. • Hikoya yuzasidan suhbat • Bolalar kim, tipratikan haqida ertak biladi? Kim she’r biladi? • Muqovasiga qarang. Hikoyani kim yozgan ekan? Avtorni bolalar o’qiy olmasa, o’qituvchi o’qib beradi. O’qituvchi hayvonlar haqidagi olib kelgan kitoblarini ko’rsatadi, qanday hayvonlar haqida yozilgan? Tipratikan haqida kitob bormi? Kim hayvonlar haqidagi yozilgan kitoblarni o’qigan? • Hikoyani oila a’zolariga aytib berish va rasm ishlash.

  10. Ertaklar mavzudagi sinfdan tashqari o’qishning dars qurilishi. 2 o’quvchi biror ertak qahramonlari kabi kiyinib boshlaydi, ertakning boshlanishini yoddan aytadi. 5-6 ta o’quvchi o’zlari bo’lgan ertaklarni aytib beradi va o’z kitoblarini ko’rsatadilar. O’qituvchi kirish so’zidan so’ng ertaklarning g’oyaviy yo’nalishi va axloqiy tarbiyasi haqida suhbat o’tkazadi. O’quvchi biror ertakni o’qib beradi. Shu ertak yuzasidan qisqa suhbat o’tkazadi. O’quvchilar o’zlari tanlagan bir-ikki ertakni o’qiydilar, ertak haqida qisqacha suhbat o’tkaziladi. Ertakni rollarga bo’lib o’qish ham mumkin. Ertaklar chizilgan rasmlar ustida ishlanadi. Oldindan tayyorgarlik ko’rmasdan ertak aytiriladi. Kitob-ertak ko’rgazmasi ko’riladi. O’qituvchi xalq ertaklari va yozuvchilar yzgan ertaklardan o’qishni tavsiya qiladi. Uyga vazifa biror ertakni o’qib kelish.

  11. Uchinchi asosiy bosqichda o’tkaziladigansinfdan tashqari o’qish darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-sinflarda esa 2 haftada 1 marta bo’ladi. Bu bosqichda bolalar o’qib kelgan kitoblar hajmi anchagina katta bo’ladi. Bolalar o’qib kelgan kitoblardan ayrim parchalar tanlab o’qiladi, o’qilganlarning hammasi umumlashtiriladi. 2-sinf bilan 3-sinf o’rtasida farq bor albatta. sinfdan tashqari o’qish darslarida 2-sinf o’quvchilarining aqliy aktivligi ortadi. Bu darslarda o’qilgan kitobni muhokama qilish, ijodiy qayta hikoyalash, sohna ko’rinishlari qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish usullari keng qo’llaniladi. 3-sinfda bolalarni yozuvchilar ijodi bilan chuqurroq tanishtiriladi. Muhokama uchun bir qancha asarlar tavsiya qilinadi. Klassik yozuvlar asarlari bilan ham tanishadilar. 2-sinfda “Q.Muhammadiyning bolalar uchun yozgan kitoblari” mavzusidagi sinfdan tashqari o’qish darsi quyidagicha olib boriladi. Q.Muxammadiyning kitoblar ko’rgazmasi tayyorlanadi, uning portreti qo’yiladi va xayoti, ijodi haqida yuqorida sinf o’quvchisi aytib beradi. Kitobdagi qaxramonlarga rasm chizdiriladi. SHehrlaridan nahmunalar ayttiriladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodidan foydalanish o’quvchilar uchun qiziqarli bo’ladi. Chnki ular ertak, maqol, topishmoqlarni sevib o’qiydilar. Ayniqsa, ertaklar bola tilidan yoziladi. Ertaklarda xalq og’zaki ijodining asosiy xususiyatlari to’laligicha namoyon bo’ladi. Har bir ertakda 2-3 yoki undan ham ortiq yetakchi obrazlar ishtirok etadi. Ertaklarda turtush voqealari ham ajoyib va qiziqarli, kishilarni xayajonlantiradigan darajada aks ettiriladi. Ertaklarning avtorlari ma’lum emas. Ertaklar davlar o’tishi bilan ko’pincha o’zgarishlarga duch keladilar. Ularning yangi-yangi variantlari yaratiladi.

  12. Ertaklar mavzu va mazmuniga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi. Hayvonlar haqida Hayoliy fantastik Hayotiy-maishiy Xajviy

  13. Hayvonlar haqidagi ertaklar Hayvonlar haqidagi ertaklar deganda, asosan to’rt oyoqlilar tushuniladi. Lekin bu tushuncha to’g’ri emas. Chunki “hayvon” degani tirik demakdir. Shu boisdan, bu o’rinda barcha jonzotlarni hayvon deb atamoq mumkin. Xalq ertaklarida burga va chumolidan tortib to tuya va fil, undan kattaroq hayvonlar ham ishtirok etadilar. Ammo hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyatida insonning ishtirokini ko’ramiz. O’zining tarbiyaviy ahamtyatiga ko’ra hayvonlar ishtirokidagi ertaklarda ham do’stlik, o’zaro hurmat, g’amho’rlik, birodorlik kabi insoniy fazilatlar targpib etiladi.

  14. Sehrli-fantastik ertaklar Sehrli-fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yozuv kuchlariga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o’ziga xos yechishi sifatida maydonga kelgan. Inson doimo hayoliy orzu-istaklar bilan yashaydi. Bunday hayoli orzu-istaklarni ro’yobini she’rli-fantastik ertaklarda ko’rish mumkin. Bu ertaklarda uchadigan otlar, va gilamlar, so’ylaydigan jonzodlar, sehrgar kampirlar, uchadigan devlar, suv ostida, osmonda, yer ostda yashaydigan odamlar va boshqalar ishtirok etadilar. Ur to’qmoq, Zumrad va Qimmat, Yoriltosh kabi ertaklar shular jumlasidandir.

  15. Hayotiy-maishiy ertaklar Hayotiy-maishiy ertak qahramonlari faol yashaydigan kishilar bo’lib, ular o’z aql-zakovotlari, bilim va tajribalariga suyangan holda katta muammolarni hal qiladilar, ulkan to’siqlarni yanchib o’tadilar. Ijobiy qahramonlar hushmuomla, muloyim, mehribon: shu bilan birga dushmanga nisbatan keskin va jasoratli bo’ladilar. Salbiy qahramonlar esa hammaga yoqmaydigan zolim, nodon, johil, yalqov kishlar bo’ladilar. Xulos, xalqimizning barcha orzu-umidlari hayotiy-maishiy ertaklarning mazmun va g’oyasi orqali ifodalangan bo’ladi. Uch og’ayni botirlar “Kenja botir” “Malikai Xusnabod” “Oygul bilan “Bahtiyor” kabi ko’plab ertaklar hayotiy-maishiy ertakla hisoblanadi.

  16. Xayotiy ertaklar Xayotiy ertaklarda boshqa turdagi ertaklarning elementlari saqlanib qolgan bo’ladi. Yaxshi ularda hayvonlar ishtirok etishi, xayotiy-maishiy masalalar ko’tarib chiqilishi, sehr va fantaziya ishtirok etish mumkin. Demak, bu turdagi ertaklar asosan o’zining sotirik mazmuni bilan farqlanib turadi. Xatviy ertaklarda ijtimoiy hayotdagi barcha salbiy holat va ko’rinishlar, inson harakterlari ochib tashlanadi, nishonga olingan kishilar turli tabaqa va toifa kishilari bo’lishi mumkin. Xullas ijtimoiy hayotdagi barcha ziddiyat va qarama-qarshiliklar bunday ertaklarga asos bo’la oladi. Xatviy ertaklarda zolim podshohlar, ochko’z amaldorlar, xasis va zihna boylikka o’ch boylar, faxm-farosatsiz kishilar xajv qilinadi.

  17. Ertak hayotdagi voqealarning qog'ozdagi aksidir, shunday ekan o'quvchilar ongida shakllantira olish o'qituvchining mahoratiga, ertakni va ertak qahramonlarini qog'ozdan hayotga ko'chirishda o'qituvchi shunday usullardan foydalanishi kerakki, bu voqealar o'quvchilar ko'z o'ngida gavdalansin. Ertak qahramonlari o'quvchilar hayotida tarbiyaviy qurol bo'lib xizmat qilsin. Ertak ustida ishlashda asar qahramonlari harakterini quyidagi usullar orqali aniqlash mumkin. Asar qahramonlari ustida suhbat. Asar qahramonlarining harakterini ochib beruvchi savol-javob o'tkazish. Asarni rollarga bo'lib o'qish. Asarni sahnalashtirish. O'quvchi ifodali o'qilayotgan asarni tinglab, uning tub mohiyatini tushunib olish imkoniyatiga ega bo'ladi, asar qahramonlarining ichki dunyosini, hatti-harakatini, ruhiy kayfiyatini anglab olishga o'rganadi. O'qituvchi asardagi voqeaga befarq qaray olmaydi, aksincha, o'quvchilarning diqqatini jalb etadi. O'qituvchi asarda tasvirlangan voqea va bu voqeada ishtirok etgan obrazlarning kuch-qudrati va oliyjanobligini zo'r hayajon bilan o'qiydi va qiroatxon o'zida o'sha obrazlarga nisbatan samimiyat xis qiladi. O'quvchilarda esa hayrihohlik uyg'otadi. Shu voqeada ishtirok etgan salbiy obrazlarga nisbatan o'qituvchi o'qish vaqtida o'zida nafrat uyg'otadi va bu xissiyotni uquvcilarda ham qo'zg'otadi.

  18. Masalan: "O'qish kitobi" dagi "Botir mergan va chaqimchi" ertagi o'quvchilar tomonidan sevib o'qiladigan asarlardan biridir. Ertakda ahillikni ezozlovchi, chaqimchilikni qoralovchi fikrlar berilgan. O'qituvchi ertakdan parcha o'qib berar ekan, o'quvchilar etiborini ikki qahramonning yani Botir mergan va chaqimchining so'zlagan fikri berilgan jumlalarga qaratadi. Botir merganning podishoxga so'zlayotgan paytini o'qituvchi o'quvchilarga yetkazib berayotganda, Botir merganning xolatini xis qilgan xolda o'sha obraz xolatida muloyimlik, kinoyalik va iltimos qilish ohangida jumlani o'qiydi. Masalan: - Unday bo'lsa, taqsir men sizning molingizni yolg'iz o'zim o'g'irlab yeganim yo'q. Qirq uyli ovulimni qishdan sog'-salomat olib chiqdim, ularni o'limdan saqlab qoldim. Fuqaro qirilib ketsa kimga podishoxlik qilardingiz? Farzand och qolsa-yu otasidan non so'rasa gunohmi? Siz el-yurt otasisiz, aytingchi, biz fuqoro nonni sizdan boshqa kimdan so'raylik. O'qituvchi jumlani o'qib bo'lgandan so'ng o'quvchilarni birinchi holatini, yani ijobiy holatga bo'lgan ruhiy kechinmasini kuzatadi, shu xolatdan chiqib ketmagan bir vaziyatda endi salbiy obraz qahramoni chaqimchining so'zlagan fikrini o'qiy boshlaydi. O'qituvchi bu jumlalarni yuz mimikasi orqali, ya'ni ko'zlarini alang-jalang qilib, qoshlarini kerib, o'quvchilarda salbiy qaxramonga bo'lgan nafratni uyg'ota bilishi kerak. Shundagina o'quvchilarda salbiy va ijobiy qaxramonga bo'lgan ruxiy vaziyatni to'laqonli namoyon bo'ladi.

  19. Ertak ustida ishlashda quyidagi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin: «Topag'on» o'yini: O'qituvchi biron-bir ertak mavzusini aytadi. Masalan: «Ur to'qmoq». O'quvchilar shu ertakda qatnashgan obrazlarni predmet nomlarini doskaga yozib chiqishadi. Eng ko'p to'g'ri javob topgan o'quvchi g'olib sanaladi. 1-variant: Savol: «Ur to'qmoq» Javob: Choi, kampir, uch yigit, laylak, qo'ychivonlar. Predmetlar: Qaynar xumcha, Ochil dasturxon, Ur to'qmoq. 2-variant: «Xosili deb ko'chat екагтап» Javob: Ayiq, arslon (Sher) predmet: tesha. Bu o'yinni o'tkazish bilan o'quvchilar oldin o'tilgan ertaklarni eslashadi. Bundan tashqarii bolalar so'z boyligi ortib, ularda xozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlar shakllanadi.

  20. Foydalanilgan adabiyotlar • M.Mirzaeva Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodini o’rganish Toshkent 1979 yil • Ta’lim taraqqiyoti 7 maxsus soni Toshkent sharq 1999 yil • Boshlang’ich ta’lim jurnali 1996-1997 yillar • A. Jo'rahonov, «Bolalar adabiyoti va folklor» Andijon - 2004 yil

  21. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

More Related